2016 yilning 14-20 sentyabr kunlari Jalolobod va O`sh shaharlarida O`zbekiston Respublikasi va Qirg`iziston Respublikasining O`zbekiston-Qirg`iziston Davlat chegarasini delimitasiya va demarkasiya qilish masalalari bo`yicha Hukumat delegasiyalari ishchi guruhlarining uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Davlat chegarasining 23 ta uchastkasida qo`shma dala tekshiruvlari o`tkazildi. Muzokaralar yakuniga ko`ra Bayonnoma imzolandi.
Uchrashuv konstruktiv va do`stona muhitda o`tdi.





