AsosiyJamiyat

O`zbekiston Afg`onistonga elektr energiya etkazib berishni qayta tiklaydi

'O`zbekiston Afg`onistonga elektr energiya etkazib berishni qayta tiklaydi'ning rasmi

25 yanvardan boshlab O`zbekistondan Afg`onistonga elektr energiya etkazib berish qayta tiklanishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston hududida havo haroratining keskin pasayishi oqibatida issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg`i ta`minotida vujudga kelgan muammolar, ya`ni yog`ilg`i tanqisligi va turli nosozliklar paydo bo`lgani, shuningdek, respublika iste`molchilarini barqaror elektr energiyasi bilan ta`minlash maqsadida 14 yanvardan Afg`onistonga elektr energiyasini etkazib berish vaqtincha to`xtatilgan edi. 

Qayd etilishicha, Ushbu fors-major holati haqida Afg`oniston energetika tashkiloti ogohlantirilgan.

Kuni kecha Afg`onistonning Kobul shahri va viloyatlarida elektr energiyasi taqchilligi davom etayotgani sababli "Tolibon" O`zbekistondan shartnoma asosida elektr energiyasi eksport qilishni so`radi.

Vazirlik ma`lumotiga ko`ra, O`zbekistonda ishlab chiqarilgan va ichki iste`molga mo`ljallangan elektr energiyasi eksportga yo`naltirmaydi.  

Hukumatlararo kelishuvga muvofiq amalga oshiriladigan elektr energiyasi import amaliyotining bir qismi Afg`onistonga (imzolangan shartnomalarga muvofiq) eksport qilinadi.

Shuningdek, O`zbekiston Tojikiston  va  Turkmanistondan tok import qilishni boshladi.

 

    Boshqa yangiliklar