O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan 26-27 yanvar kunlari davlat tashrifi bilan Qirg`izistonda bo`ladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi xabar bermoqda.
Ikki mamlakat etakchilarining uchrashuvlari Bishkek shahrida bo`lib o`tadi.
Oliy darajadagi muzokaralar kun tartibidan O`zbekiston-Qirg`iziston do`stlik, yaxshi qo`shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarining keng doirasi o`rin olgan.
O`zaro savdoni ko`paytirish, sanoat kooperasiyasi dasturlarini qo`llab-quvvatlash va mintaqaviy infratuzilma loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratiladi.
Sammit yakunida ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli to`plamini qabul qilish ko`zda tutilgan.