G`arbning islomlashuviga qarshi "PEGIDA" harakati etakchisi Edvin Vagensveld Gaagadagi Niderlandiya Vakillar palatasi oldida Qur`onni omma oldida yirtib, yoqib yubordi. Bu haqda ADR News xabar bergan.
“Vesti.az”ning “Gazeta.ru”ga tayanib xabar berishicha, aksiya yanvarda Stokgolmdagi Turkiya elchixonasi oldida musulmonlarning muqaddas kitobi ommaviy ravishda yoqib yuborilganidan so`ng jamoatchilik tomonidan tanqid qilingan daniyalik siyosatchi Rasmus Paludanni qo`llab-quvvatlashga qaratilgan.
Qayd etilishicha, siyosatchining xatti-harakati nafaqat Turkiya, balki Rossiya etakchilarining ham salbiy munosabatiga sabab bo`lgan.
Internetda tarqalgan videoda Vagensveld Qur`onning bir nusxasini oyoqlari bilan toptab, ikkinchisining varaqlarini qo`li bilan yirtib tashladi, so`ng yoqib yubordi. Manbaga ko`ra, bu safar ham polisiya “islomlashtirish”ga qarshi oldingi harakatlardan farqli o`laroq, erkakni hibsga olmagan.