1

Toshkentdagi yangi Olimpiya shaharchasi qurilishi boshlangach har 3 oyda xalqaro ekspertlar ko`rib ketadi

Jamiyat 26.01.2023, 21:26
Toshkentdagi yangi Olimpiya shaharchasi qurilishi boshlangach har 3 oyda xalqaro ekspertlar ko`rib ketadi

Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori, Xalqaro suzish federasiyasi prezidenti Husayn Al Musallam, Xalqaro kurash assosiasiyasi prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashining Osiyo o`yinlari departamenti Bosh direktori Haydar Farmon bilan Toshkent-2025” IV yoshlar Osiyo o`yinlari uchun barpo etiladigan sport ob`ektlari loyihasi ko`rib chiqildi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi. 

Yig`ilishda vazir Adham Ikramov va uning birinchi o`rinbosari Alisher Sadullaev, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo`mita raisi o`rinbosari Azizjon Kamilov, Qurilish vazirining o`rinbosari Shukrullobek Jahongirov, Xitoyning “Camce” kompaniyasi muhandislari ishtirok etishdi.

Dastavval, xitoylik muhandislar loyiha haqida batafsil ma`lumot berishdi. Olimpiya shaharchasida barpo etiladigan har bir ob`ekt, uning parametrlari, qanday xom-ashyolardan qurilishi haqida to`xtalib o`tishdi. 

Uchrashuvda OOK mutasaddilari ham o`z xulosalarini bildirishdi. Xususan, ob`ektlar loyihasini yana bir bor xalqaro federasiyalarning ekspertlari bilan muhokama qilish, ularning talablarini yoddan ko`tarmaslik zarurligini ta`kidlashdi. Shuningdek, arenalardagi akustika tizimidan tortib, translyasiya masalalari, tomoshabinlar va faxriy mehmonlar uchun ajratiladigan sektorlarni shakllantirish bo`yicha ham fikr almashildi.

Yakunda qurilish jarayoni boshlangach har 3 oy davomida xalqaro ekspertlar poytaxtimizga tashrif buyurib, jarayonga baho berib borishlari, qurilish yakunlanganidan so`ng 2025 yilning mart oylarida yangi arenalarda sinov musobaqalarini o`tkazish kabi g`oyalar ilgari surildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1