AsosiyJamiyat

⚡️ Hokim lavozimidan olingan Jahongir Ortiqxo`jaevning deputatlik vakolati ham muddatidan oldin tugatildi

'⚡️ Hokim lavozimidan olingan Jahongir Ortiqxo`jaevning deputatlik vakolati ham muddatidan oldin tugatildi'ning rasmi

Jahongir Ortiqxo`jaev Toshkent shahar kengashi deputatligidan muddatidan oldin iste`foga chiqdi. Tegishli qaror bugun, 27 yanvar kuni shahar kengashi tomonidan qabul qilingan. Bu haqda ikki mustaqil manba, jumladan, yig`ilishda qatnashgan deputatlardan biriga tayanib "Gazeta.uz" xabar bermoqda.

Qonunchilikka ko`ra, senator va kengash deputati vakolat muddati davomida daxlsizlik huquqiga ega.

Jahongir Ortiqxo`jaev 2020 yil yanvar oyida O`zLiDeP partiyasidan 48-saylov okrugidan Kengash deputati, so`ngra besh yillik muddatga senator etib saylangan edi. Uning vakolat muddati 2025 yilning yanvarigacha hisoblangan.

Qonunga muvofiq, deputatning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan avval tugatiladi:

o`z vakolatlarini iste`foga chiqarish to`g`risidagi yozma ariza;

uni egallashi qonun hujjatlariga muvofiq deputatlik vakolatlarini amalga oshirishga to`g`ri kelmaydigan lavozimga saylash yoki tayinlash:

sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganligi;

uning eslashi;

sud tomonidan uni muomalaga layoqatsiz deb topish;

sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida uni bedarak yo`qolgan deb topish yoki vafot etgan deb e`lon qilish;

uning tomonidan O`zbekiston Respublikasi fuqaroligini yo`qotganligi;

uning o`limi.

Alohida hollarda deputatning vakolatlari tegishli xalq deputatlari Kengashining qarori bilan muddatidan oldin tugatilishi mumkin. Bunday masalani ko`rib chiqish uchun deputatning yuqori martabasini obro`sizlantiradigan xatti-harakatlar asos bo`lishi mumkin. Ma`lum qilinishicha, sobiq hokimning o`zi deputatlik vakolatlarini tark etish to`g`risida ariza bilan murojaat qilgan.

Eslatib o`tamiz,Prezident Shavkat Mirziyoev 16 yanvar kuni 2018 yil aprelidan buyon poytaxt hokimiyatini boshqarib kelgan Jahongir Ortiqxo`jaev iste`foga chiqishini ma`lum qildi. “Men uni o`z lavozimidan olib tashladim. Bo`sh gap, yolg`on hisobot, pastga tushmagani uchun, bu uyatsizning oyog`i erdan uzilgani uchun uni ishdan bo`shatdim”, — degan edi davlat rahbari. Mazkur yig`ilish bo`lgan kuni sobiq hokim va uning oilasi “O`zbekiston havo yo`llari”ning HY 271-raqamli reysi bilan Turkiyaning Istanbul shahriga ro`yxatdan o`tgani haqida xabar berildi. 

Shuningdek, sal avval Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashi Jahongir Ortiqxo`jaevga minnatdorlik murojaati yo`lladi, bir muddatdan so`ng xabar o`chirilib, u rad etildi

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar