Nufuzli musobaqada yuzdan ziyod sportchi uch yosh toifasidagi bahslarda ishtirok etmoqda.
O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo`mitasi va mamlakatimiz suzish federasiyasi tomonidan o`tkazilayotgan nufuzli musobaqada O`zbekiston, Rossiya, Belarus, Ukraina, Filippin, Vengriya, Slovakiya, Isroil kabi davlatlardan yuzdan ziyod sportchi g`oliblik uchun bahslashmoqda.
Xalqaro turnirda sportchilar uch yosh toifasida (16-18 yosh, 13-15 yosh, 12 yosh va undan kichik) solo, duet va guruh bahslarida o`z mahoratini namoyish etmoqda.





