AsosiyDunyo

"Biz erishgan narsa allaqachon tarixdir va bizga istiqbol kerak"

'"Biz erishgan narsa allaqachon tarixdir va bizga istiqbol kerak"'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qirg`izistonga tashrifi doirasidagi kengaytirilgan tarkibdagi yig`ilishdan  so`ng jurnalistlar bilan o`tkazilgan suhbatda quyidagilarni ta`kidladi:

"Davlat tashrifi mamlakatlarimiz o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatilganining 30 yilligi nishonlanadigan yilda amalga oshirilayotgani ramziy ma`noga ega.

Muloqot chog`ida ko`p qirrali hamkorligimizning asosiy yo`nalishlarini atroflicha muhokama qildik. Ammo biz erishgan narsa allaqachon tarixdir va bizga istiqbol kerak, uni rivojlantirish uchun barcha darajalarda ko`rsatmalar berildi.

Import o`rnini bosish, Toshkent va Bishkekda savdo markazlarini tashkil etish orqali tovar ayirboshlash hajmini 2 milliard dollarga etkazishga kelishib oldik.  

Davlat chegarasi haqidagi shartnomani ratifikasiya qilish yorliqlarini almashdik. Chegaralarning o`rnatilishi xalqlarimiz uzoq yillar davomida intiqlik bilan kutgan tarixiy voqeadir. Bizning notinch dunyomizda bu favqulodda ehtiyoj, butun mintaqa uchun barqarorlik va xavfsizlik kafolati.

Har tomonlama strategik sheriklik to`g`risidagi deklarasiyaning imzolanishi barcha sohalardagi munosabatlarning yangi bosqichi, kelajakka poydevor bo`ldi", - dedi Shavkat Mirziyoev.

 

    Boshqa yangiliklar