Shvesiyaning NATOga a`zo bo`lish jarayoni Turkiyaning Qur`on bilan qilgan harakatlaridan keyin kelishmovchilik tufayli to`xtatildi.
Shvesiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Qur`onni yoqish bilan bog`liq harakatlar fonida NATOga a`zo bo`lish jarayoni to`xtatilganini aytdi. U iyul oyida Vilnyusda bo`lib o`tadigan NATO mamlakatlari tashqi ishlar vazirliklari sammitida Turkiya bilan Alyansga qo`shilish borasida kelishib olish mumkinligiga umid bildirdi.
“O`tgan bir necha haftadagi voqealar NATOga a`zo bo`lish jarayonini vaqtincha to`xtatdi... Albatta, biz Vilnyusdagi sammitni intiqlik bilan kutmoqdamiz”, dedi Tobias Billstryom "Expressen" gazetasiga.
NATOning navbatdagi sammiti 2023 yil 11-12 iyul kunlari Vilnyusda bo`lib o`tadi.
21 yanvar kuni Daniyalik huquqshunos va o`ta o`ngchi "Qattiq kurs" partiyasi asoschisi Rasmus Paludan Kopengagendagi masjid oldida ham muqaddas kitobni yoqib yubordi. Oradan oz vaqt o`tib G`arbning islomlashuviga qarshi "PEGIDA" harakati etakchisi Edvin Vagensveld Gaagadagi Niderlandiya Vakillar palatasi oldida Qur`onni omma oldida yirtib, yoqib yubordi. Ular Shvesiya NATOga qabul qilinmaguncha har juma kuni Turkiya elchixonasi oldida Qur`onni yoqishga va`da bergan edi.
Shvesiya rasmiylari bunday harakatlarga xalaqit bermayotgani sababli Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on Shvesiyaning NATOga kirish haqidagi arizasini qo`llab-quvvatlashdan bosh tortdi.