1

Nukusda portlagan “dom”dan bir odam jasadi chiqdi, vayronalar orasidan 5 yoshli qizaloq qutqarib olindi (video)

Jamiyat 30.01.2023, 06:40
Nukusda portlagan “dom”dan bir odam jasadi chiqdi, vayronalar orasidan 5 yoshli qizaloq qutqarib olindi (video)

Nukus shahridagi ko`p qavatli uyda sodir bo`lgan portlash yuzasidan qo`shimcha ma`lumot berildi. 

Ma`lum qilinishicha, qidiruv-qutqaruv va binoning qulagan konstruksiyalarini tozalash ishlarini amalga oshirmoqda. Olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari davomida vayronalar ostida qolib ketgan 5 yoshli qizaloq  turli darajadagi jaroxatlar bilan  qutqaruvchilar tomonidan chiqarib olinib, malakali tibbiy yordam ko`rsatish uchun shifoxonaga yuborilgan.

Shuningdek, bino konstruksiyalari  orasidan qidiruv-qutqaruv ishlari olib borish jarayonida bir nafar  fuqaroning jasadi topildi.

Ayni vaqtda binoning konstruksiyalarini tozalash ishlari davom etdirilmoqda.

Voqea yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1