Avstriyadagi Texnika universiteti qoshidagi Geodeziya instituti tadqiqotchilari Evropa halokatli qurg`oqchilik yoqasida ekanini aytishdi. Ularning fikricha, er osti suvlari zaxiralari tugaydi.
Qayd etilishicha, 2018-2019 yillarning g`ayritabiiy issiq er usti suvi sathining keskin pasayishiga sabab bo`lgan.
Ma`lum bo`lishicha, potensial halokatli qurg`oqchilik allaqachon tabiatga jiddiy zarar etkazmoqda, qishloq xo`jaligiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda va Evropada energiya tanqisligini keltirib chiqarmoqda.
“Hozirgi kunga qadar ko`plab suv turlari o`z yashash muhitini yo`qotgan yoki yo`q bo`lib ketgan, shuningdek, ko`plab o`rmon va o`t-o`lanlar yong`inlari sodir bo`lgan, quruq tuproq qishloq xo`jaligi uchun ko`plab muammolarni, shuningdek, suv toshqinlarini keltirib chiqardi.
Oqibatda Evropada energiya taqchilligi murakkab holatga keldi, chunki etarlicha sovitish suvi bo`lmasa, mintaqadagi atom elektr stansiyalari elektr energiyasini etarlicha ishlab chiqara olmaydi, GESlarning ishlashi ham qiyinlashgan”, deydi olimlar.
Tadqiqotda ular Tom va Jerri deb nomlangan egizak sun`iy yo`ldoshlardan foydalanganishdi. Bu qurilmalar Er atrofida balandlikda qutb orbitasida aylanadi. Ular muntazam ravishda Evropada er osti va er usti suvlari darajasining pasayishini qayd etadi.