Surxondaryoda mast haydovchi YPX inspektoriga 2 mln. so'm pora berayotgan vaqtda qo`lga olindi

Jinoyat 31.01.2023, 19:07
Surxondaryoda mast haydovchi YPX inspektoriga 2 mln. so'm pora berayotgan vaqtda qo`lga olindi

Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmatining xabar berishicha, Termiz shahri, Ra`no Uzoqova ko`chasida xizmat olib borayotgan YPX xodimi O.Abdunazarov tomonidan "Cobalt" rusumli avtomobil to`xtatilgan. O`zaro muloqot jarayonida haydovchining og`zidan spirtli ichimlik hidi kelayotganligini xodim payqagan va uni tekshiruvdan o`tishga taklif qilgan.

"Alkotester" moslamasining natijasiga ko`ra, ushbu haydovchi spirtli ichimlikdan mast holdaligi tasdiqlangan. YPX xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 131-moddasi tartibida bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobili ushbu Kodeksning 291-moddasiga ko`ra, vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga qo`yilgan.

Haydovchi Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB 1-safarbarlik otryad komandiri B.Yuldashevning oldiga borib, tegishli chora ko`rilmasligini so`ragan va evaziga ikki million so`m miqdorida pul berishni taklif qilgan.

Shundan so`ng, xodim Surxondaryo viloyati IIB boshlig`i nomiga bildirgi orqali murojaat qilib, pora taklif qilayotgan fuqaroga nisbatan qonuniy chora ko`rilishini so`ragan.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir davomida, ushbu fuqaro YPX xodimiga ikki million so`m miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtda qo`lga olingan.

Hozirda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Termiz shahar bo`limi xodimlari tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1