AsosiyJamiyat

O`zbekiston – 2022 yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi

'O`zbekiston – 2022 yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb topildi'ning rasmi

O`zbekistonlik shaxmatchilarning so`nggi bir yil davomida xalqaro arenalardagi erishgan natijalari, sensasion g`alabalari ortidan O`zbekiston – yilning eng yaxshi shaxmat mamlakati deb e`tirof etildi. Bu haqda “Europe Echecs” xabar berdi.

Niderlandiyada o`tkazilgan “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turniri yakunida o`zbekistonlik shaxmatchilar Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindorov yilning eng yaxshi shaxmat mamlakatiga topshiriladigan “Tour D'or” - “Oltin minora” sovrinini qabul qilib oldi.

O`zbekiston shaxmat federasiyasiga Evropa shaxmat sovrinini fransiyalik mashhur grossmeyster Bashar Kuatli topshirdi.

Eslatib o`tamiz, Niderlandiyada tashkil etilgan “Tata Steel Chess-2023” xalqaro turnirida Abdusattorov ikkinchi, Sindorov uchinchi o`rinni egallagan edi.

    Boshqa yangiliklar