1

Toshkent viloyatidagi yo`l qurilishida avtokran ostida qolgan mashinist vafoti bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jinoyat 05.02.2023, 09:31
Toshkent viloyatidagi yo`l qurilishida avtokran ostida qolgan mashinist vafoti bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

Parkent tumani Zarkent qishlog`ida avtokran qulab, uning mashinisti shifoxonada vafot etgani haqidagi xulosalar huquq-tartibot organlariga taqdim etilishi ma`lum qilingan edi.

Darakchi.uz`ga  Bosh prokuratura matbuot xizmati holat bo`yicha ma`lumot berdi. 

Unga ko`ra, 2023 yil 2 fevral kuni soat taxminan 10:50larda Parkent tumani Zarkent qishlog`ida joylashgan “Zarkent ota” ziyoratgohi ro`parasida soy ustida ko`prik qurilishida ishlayotgan kran haydovchisi Bo`stonliq tumani, Tovoqsoy qo`rg`onida yashovchi 1985 yilda tug`ilgan S.A bo`lgan. U boshqarayotgan yuk krani ko`prik uchun mo`ljallangan beton plitani ko`tarayotgan vaqtda ag`darilishi natijasida tan jarohati olib tuman tibbiyot birlashmasiga olib borilgan.

Tibbiyot birlashmasining ma`lumotnomasiga ko`ra, S.A.ning tanasida BMCh, BMYoJ, umurtqa pog`onasi ko`krak bel qismi yumshoq to`qimalari lat eyishi, ko`krak qafasi qorin to`mtoq jarohati, o`ng tomon pnevmotoraks, travmatik shok kabi tan jarohatlari borligi aniqlangan. Shifokorlar tomonidan olib borilgan muolajalarga qarmay u vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Parkent tumani IIB xuzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov xarakatlariga kirishilgan. 

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1