1

BMT Bosh Assambleyasida Turkiya va Suriyadagi zilzilalarda halok bo`lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi

Dunyo 07.02.2023, 13:03
BMT Bosh Assambleyasida Turkiya va Suriyadagi zilzilalarda halok bo`lganlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi raisi Chaba Kereshi 6-fevral kuni yig`ilishni Turkiya va Suriya xalqlari va hukumatlariga hamdardlik so`zlari bilan boshladi.

U Bosh Assambleyaning barcha delegatlarini dahshatli zilzila oqibatida halok bo`lganlar xotirasiga bir daqiqalik sukut saqlashga taklif qildi.

Turkiya rasmiylariga ko`ra, hozirgacha zilzila qurbonlari soni 2 ming 921 kishiga etgan. 15 ming 834 kishi jarohatlangan.

Prezident Rejep Tayyip Erdog`an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan etti kunlik milliy motam e`lon qildi.

AFAD ma`lumotlariga ko`ra, Turkiyaning janubi-sharqida bir sutkada magnitudasi ettidan ortiq bo`lgan ikkita zilzila sodir bo`lgan (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball).

Turkiya hukumati aholini er silkinishidan qo`rqib, uylariga qaytmaslikka chaqirdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1