Zilzila qurbonlariga yordam berish uchun AQShdan ikki qidiruv-qutqaruv guruhi Turkiyaga yuboriladi, deb xabar berdi CNN.
AQSh har birida 70 kishidan iborat - qidiruv itlari bo`lgan xodimlardan iborat ikkita jamoani, shuningdek, feldsherlarni yubormoqchi. Bu haqda AQShning Turkiyadagi elchisi Jeff Fleyk xabar bergan.
Eslatib o`tamiz, Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi etti balldan ortiq bo`lgan zilzilalar sodir bo`ldi.
O`zbekiston Turkiyaga 60 nafar qutqaruvchi hamda 3 ta maxsus avariya-qutqaruv texnikasini yuborishga qaror qildi.
Turkiyaning Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) rahbari Yunus Sezarning aytishicha, mamlakatning 15,8 mingdan ortiq aholisi jarohatlangan.
Prezident Rajab Toyyib Erdo`g`an Turkiyada tabiiy ofat qurbonlari munosabati bilan etti kunlik milliy motam e`lon qildi.