AsosiyJinoyat

Quvasoyda hokimlik balansidan uy olib berishni va`da qilgan bo`lim boshlig`i qo`lga olindi

'Quvasoyda hokimlik balansidan uy olib berishni va`da qilgan bo`lim boshlig`i qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quvasoy shahar bo`limlari tomonidan  tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Departament matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda, shahar hokimligi qoshidagi xo`jalik hisobidagi uy-joylarni ro`yxatga olish, almashtirish va taqsimlash bo`limi boshlig`i A.A. fuqarolar F.A. va Sh.I.ga 8 500 AQSh dollari evaziga hokimlik balansidagi uylardan biriga egalik qilish huquqini beruvchi order rasmiylashtirish hamda ushbu xonadonni keyinchalik xususiylashtirib berishni va`da qilib, oldindan 3 800 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar