⚡️“Turkiyada o`qilayotgan janozalar bizning uyimizda bo`layotgan motamdir” (video)

Jamiyat 11.02.2023, 23:36
Teglar: Video, Turkiya
⚡️“Turkiyada o`qilayotgan janozalar bizning uyimizda bo`layotgan motamdir” (video)

Turkiya — o`zbekistonliklar eng ko`p tashrif buyuradigan qadrdon davlat, tarixi tariximizga hamohang go`zal go`sha. Afsuski, bugun uning o`nlab hududlari ayanchli manzara kasb etmoqda. Turkiya va Suriyada dahshatli zizila sodir bo`ldi. Qulagan binolar, uy-joysiz qolgan, yordamga muhtoj odamlar, minglab qutqarib qolinganlaru, ming afsuski vayronlar ostidan olib chiqilayotgan yana minglab qurbonlar... Bugun biz qardosh yurt haqida faqat shularni ko`ryapmiz. Ayni paytga qadar zilzila qurbonlari soni ikki davlatda 25 mingdan, jarohatlanganlar esa 100 mingdan oshib ketdi. Bu raqamlar yakuniy emas, daqiqalar sari talofat ko`lami kengayib bormoqda. 

Ofat faqat Turkiya va Suriyaning emas, balki butun dunyoning, xususan O`zbekistonning ham dardu tashvishi, ko`z yoshlari va iztiroblariga sabab bo`ldi. Butun o`zbek xalqi qayg`uga botdi. O`zbeklar qardoshlar uchun yordamga shoshmoqda. Hukumat yuborgan tezkor yordamlardan tashqari O`zbekiston bo`ylab ko`ngilli yordam markazlari tashkil etilib, qisqa muddatda butun xalq o`z insonparvarlik yordamlarini etkazishmoqda, mehr va muhabbatga yo`g`rilgan eng zarur mahsulotlar karvoni Turkiyaga qarab yo`lga chiqdi. Jumladan bugun, 11 fevra kuni Toshkentdan eng zarur ehtiyojdagi mahsulotlar joylangan 25 ta yuk mashinasi Turkiyaga jo`nab ketdi. Bundan tashqari, zilzila bo`lgan hududlarning o`zida ham ayni paytda o`zbekistonliklar tomonidan xayriya ishlari boshlab yuborilgan, yordam qo`llari cho`zilmoqda, ovqatlar tayyorlanib xalqqa tarqatilmoqda. 

O`zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami yig`ish vaqtincha to`xtatildi
O`zbekistondan Turkiyaga insonparvarlik yordami yig`ish vaqtincha to`xtatildi

"Sening darding, mening dardim bo`ldi Turkiya", "Biz Sen bilanmiz Turkiya", "Boshing omon bo`lsin Turkiya"... Mazkur iboralar bugun o`zbek xalqi tomonidan jo`r bo`lib aytilmoqda.  Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining har biri o`z iztiroblari haqida qayta va qayta yozmoqda, turk qardoshlariga hamdardlik bildirmoqda.  

Kun kelar tabiat ofati talofatlari bartaraf etilar, vayronalar ostida qolgan o`nlab shaharlar ma`lum muddat o`tib, yana avvalgidek go`zal qiyofaga kelar, biroq yaqinlarini yo`qotgan, ko`chada imkoniyatsiz qolgan turk qardoshlarimiz bizning bugungi g`amxo`rligimizni yillarki unutmasa, ajabmas. Zero, bugun O`zbekiston "mening Ota yurtim" degan turklarga o`zining qondosh ekanini isbotlamoqda.

Sharhlar

Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya hamkorligi bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi

18.03.2024, 10:30

Ozarbayjon, Turkiya va Gruziya tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlari bo`yicha Boku deklarasiyasi imzolandi.Bu haqda Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jeyhun Bayramov Turkiya va Gruziya tashqi ishlar...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1