Biroz avval ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi mahalliy blogerlardan biri mast holatda restoranda janjal ko`targani, ishchilarga kuch ishlatishga uringani, shuningdek, ichki ishlar xodimlarini haqorat qilganligi aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik. Bundan tashqari holatga Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etgandi.
Mazkur holat yuzasidan Samarqand shahar pokuraturasi tomonidan fuqaro A.M. ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi JKning 140-moddasi (Haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
14.02.2023 17:54
Samarqandda ichib olib "tomosha" ko`rsatgan blogerga jinoyat ishi ochildi






