Poytaxtimizda “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ekologik toza transport tarafdori” shiori ostida “Kamolot-tur” IX yoshlar velomarafonining Toshkent shahar bosqichi bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
2008 yildan buyon an`anaviy tarzda o`tkazib kelinayotgan “Kamolot-tur” velomarafoni yoshlarning sportga, xususan, velosportga qiziqishini oshirish, ularni jismonan sog`lom, ruhan tetik qilib tarbiyalashda muhim omil bo`lmoqda.
Musobaqaning Toshkent shahar bosqichida ikki yuzga yaqin havaskor velosportchi ishtirok etdi. 9-14 yoshli ishtirokchilar o`rtasidagi bahslarda Bektemir tumanidan Fazliddin Ro`zimov g`alaba qozondi.
Mirzo Ulug`bek tumanidan Daniil Vostryakov 15-17 yoshli velosportchilar o`rtasida, Javohir Egamberdiev esa 18-30 yoshli velomarafonchilar o`rtasidagi musobaqalarda birinchi o`rinni egalladi.
Musobaqa ishtirokchilari turli nominasiyalar bo`yicha faxriy yorliq va sovg`alar bilan taqdirlandi.





