AsosiyJinoyat

Toshkentda bola o`g`rilari paydo bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi

'Toshkentda bola o`g`rilari paydo bo`lgani haqida xabarlar tarqaldi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda go`yoki bola o`g`rilari paydo bo`lgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarlar ostida bir nechta ayollarning fotosurati va shaxsiy ma`lumotlari joylashtirilgan bo`lib, turli muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Holat bo`yicha, Toshkent shahar IIBB fuqarolarga ogohlantirish bilan chiqdi.

"Hurmatli fuqarolar, bu kabi asossiz xabarlarga ishonmasligingizni va aholi orasida sun`iy ravishda shov-shuv ko`tarmasligingizni so`raymiz.
Unutmang, yolg`on axborot tarqatish, shuningdek shaxsning roziligisiz shaxsiy ma`lumotlarini oshkor qilish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortishga asos bo`ladi.
Bu kabi yolg`on xabarlarni tarqatgan shaxslarni aniqlash yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o`tkazilmoqda", deyiladi IIBB xabarida.

    Boshqa yangiliklar