AsosiyJinoyat

Termizda chet el fuqarosining 6 ming dollarini o`zlashtirmoqchi bo`lgan MChJ rahbari qo`lga olindi

'Termizda chet el fuqarosining 6 ming dollarini o`zlashtirmoqchi bo`lgan MChJ rahbari qo`lga olindi'ning rasmi

Termiz shahrida savdo sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbari E.Z. chet el fuqarosining ishonchiga kirib, tanishlarining imkoniyatlari orqali unga O`zbekistonda doimiy yashash guvohnomasini rasmiylashtirib berish evaziga 7000 AQSh dollari talab qildi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo`yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda E.Z. so`ralgan puldan 6000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

    Boshqa yangiliklar