Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o`zining shaxsiy harbiy kompaniyasini yaratishni va "Vagner" bilan raqobatlashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Qodirov o`zining Telegram-kanalida yozgan.
Uning so`zlariga ko`ra, “Vagner PMC” Ukrainadagi janglar davomida “juda ta`sirchan natijalarga” erishgan, uning hujum brigadalari esa “janglarning o`ta og`ir qismini o`z zimmalariga oladilar” va “har qanday vaziyatda ham maqsadga erishadilar”.
"Prigojinning harbiylashtirilgan tuzilmasi harbiy nuqtai nazardan o`zining samaradorligini isbotladi va PMClar zarurligi haqidagi gaplar ostida chiziq tortdi. Bunday tuzilmalar kerak va zarur. Shu bois davlat xizmatidagi ishimni tugatgach, qadrli birodarimiz Evgeniy Prigojin bilan raqobatlashib, xususiy harbiy kompaniya tuzishni jiddiy rejalashtirganman”, — deb yozadi Qodirov.
AQShning so`nggi hisob-kitoblariga ko`ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko`lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri "Vagner PMC"ning 30 mingdan ortiq yollanma askarlari halok bo`lgan yoki yaralangan. Britaniya razvedkasi ma`lumotlariga ko`ra, vagnerlar orasida qurbonlar soni 50% ga etgan.






