AsosiyDunyo

Xitoy biz tomonda bo`lishi istardim — Zelenskiy

'Xitoy biz tomonda bo`lishi istardim — Zelenskiy'ning rasmi

Bu hafta Rossiyadan hujum kutilmoqda, lekin ruslar endi bir yil oldingidek kuchli emas, deydi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Buhaqda "Zamon.uz" yozmoqda.

Mamlakatimizni bosib olish uchun resurslar bugun zaiflashdi, biz esa kuchliroq bo`ldik. Bundan tashqari, ular bizning askarlar kabi bir xil motivasiyaga ega emaslar. Ruslar Baxmut ularga Slavyansk va Kramatorskka yo`l ochishini yaxshi bilishadi. Ruslar olgan Baxmut kabi har bir kichik shahar ularni katta shaharlarga yaqinlashtiradi. Biz yo`qotgan shahar ruslar uchun olg`a qadam degani. Hozir bilganimizdek, ular Donesk va Lugansk viloyatlarining ma`muriy chegaralariga etib borishni istashadi.

Shuningdek, prezident Xitoy mavzusidagi savollarga ham javob berdi.

“Xitoy masalasi nihoyatda murakkab. Xitoy bu urushda Rossiya Federasiyasini qo`llab-quvvatlamasligi biz uchun muhim. Aslida men uning biz tomonda bo`lishini istardim. Biroq bu mumkin emas deb o`ylayman. Lekin men Xitoyning bu erda sodir bo`layotgan voqealarga pragmatik baho berish imkoniyatini ko`rmoqdaman, chunki Xitoy Rossiya bilan ittifoq tuzsa, jahon urushi boshlanardi va menimcha, Xitoy bundan xabardor”, — deydi u.

    Boshqa yangiliklar