AsosiyDunyo

Biz barcha shaharlarimizdagi uylar, ish joylari, sanoati, qishloq xo`jaligini zarracha regressiyaga olib kelmasdan tiklaymiz - Erdo`g`on

'Biz barcha shaharlarimizdagi uylar, ish joylari, sanoati, qishloq xo`jaligini zarracha regressiyaga olib kelmasdan tiklaymiz - Erdo`g`on'ning rasmi

Zilzila hududidagi jami 1 million 684 ming fuqaroning uy-joyga bo`lgan ehtiyoji qondirildi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`on ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, hozirda o`rnatilishda davom etayotgan aholi yashashi uchun konteynerlar soni birinchi bosqichda 100 mingtaga, kerak bo`lganda esa 200 mingtaga etkaziladi.

«O`rtacha shikastlangan 24 mingdan ortiq binodagi 133 mingdan ortiq xonadon vakillarini vaqtinchalik boshpana markazlari yoki xavfsiz joylarga o`tkazishni ta`minladik», dedi Erdo`g`on.

Atrof-muhit va shaharsozlik vazirligining 7 328 nafar xodimi zararni aniqlash ishlarini yakunlash arafasida.

«Biz barcha turar-joy maydonlarini yangi shahar rejasi doirasida erning sifati va yoriq chizig`igacha bo`lgan masofani hisobga olgan holda o`z me`morchiligi, tarixiy va madaniy tuzilishiga muvofiq loyihalashtiramiz.

Biz tiklanish jarayonini tuzilmalarimizning ilmiyligi, tezligi va mustahkamligi tamoyillari asosida olib boramiz.

Zararni aniqlash, vayronalarni tozalash va joylashuvni aniqlash jarayonlari tugallangandan so`ng, har bir viloyatda bu uylar soni ortadi», qayd etdi Turkiya rahbari.

Ta`kidlanishicha, 373 156 nafar fuqaro zilzila hududidan boshqa shaharlarga evakuasiya qilindi.

«Biz barcha shaharlarimizdagi uylar, ish joylari, sanoati, qishloq xo`jaligini zarracha regressiyaga olib kelmasdan tiklaymiz.

Biz hech qachon fuqarolarimizni og`ir kunlarida va hayotlarini yangidan tiklashdagi urinishlarida yolg`iz qoldirmaymiz», dedi Erdo`g`on.

Eslatib o`tamiz, Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 42 mingdan oshgan.

    Boshqa yangiliklar