1 martdan boshlab Rossiyadagi ayrim migrantlarga taksi xizmatida ishlash taqiqlanadi. Bu haqda zamon.uz xabar bermoqda.
Rossiyada yo`lovchi tashish sohasida ishga joylashish uchun cheklovlar joriy etilmoqda. Unga ko`ra, yangi tartib nafaqat Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlaridan kelgan migrantlarga balki, Rossiya fuqarolariga ham tegishli.
Endi qator jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar jamoat transporti va taksilarni boshqarishga ruxsat etilmaydi. Ushbu o`zgartirishlar hozirda ish olib borayotgan haydovchilar va boshqa xodimlarga ham ta`sir qiladi.
Shunday qilib, Mehnat kodeksiga kiritilgan yangi o`zgartishlarga ko`ra, quyidagilarni sodir etgan fuqarolarga jamoat transporti va taksilarni boshqarishga ruxsat etilmaydi:
- qotillik;
- qasddan badanga og`ir shikast etkazish;
- talonchilik yoki bosqinchilik;
- jinsiy daxlsizlikka qarshi jinoyatlar;
- jamoat xavfsizligi, konstitusiyaviy tuzum asoslari va davlat xavfsizligi, tinchlik va xavfsizlik asoslariga qarshi o`rtacha og`irlikdagi yoki undan og`irroq jinoyatlar.
Endilikda ishga qabul vaqtida nomzod sudlanmaganligi to`g`risidagi ma`lumotnoma ham taqdim etishi kerak. Hattoki ayni vaqtda jinoyat ishida gumonlanuvchi bo`lganlar ham rad javobini oladi.
Ushbu talabga rioya qilmaslik ishdan bo`shatishga olib keladi.
Sudlanganlik holati olib tashlangan yoki o`chirilgan taqdirda ishga joylashish uchun hech qanday to`siq bo`lmaydi. O`rtacha og`irlikdagi jinoyatlar sodir etilganda sudlanganlik 3 yilga, og`ir jinoyatlar uchun esa 8 yilga avtomatik ravishda o`chirilgan hisoblanadi.