AsosiyDunyo

Stoltenberg lavozimini tark etishini tasdiqladi

'Stoltenberg lavozimini tark etishini tasdiqladi'ning rasmi

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg 2023 yilning kuzida o`z lavozimini tark etish niyatida ekanini tasdiqladi. Bu haqda u “CNN” telekanaliga bergan intervyuda aytib o`tdi.

“Shu yil kuzda iste`foga chiqaman. Ishonchim komilki, Shimoliy alyans mening o`rnimga munosib nomzod topadi”.

Agar NATOga a`zo davlatlar lavozimni tark etmaslikni so`rashsa, degan murojaatga Stoltenberg hali sodir bo`lmagan narsa haqida masalani chalg`itishni istamasligini aytdi.  

“Men bor e`tiborimni NATO Ukrainaga yordam berishiga qaratganman”, dedi Bosh kotib.

Avvalroq Stoltenbergning kuzda lavozimini tark etishi haqida Shimoliy Alyans rasmiy vakili Oana Lungesku ma`lum qilgan edi.

Stoltenberg uch marta vakolat muddatini uzaytirgan, u deyarli to`qqiz yildan beri Bosh kotib lavozimida ishlab kelmoqda.

    Boshqa yangiliklar