Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Zangiota tuman bo`limi tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasining murojaatiga asosan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi qishloq oilaviy poliklinikasini ta`mirlashdagi talon-torojlik fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
“N.Q.” MChJ sobiq rahbari M.A. birlashmaga qarashli qishloq oilaviy poliklinikalarini joriy ta`mirlashda, hujjatlarga amalda bajarilmagan ishlarni qo`shib yozish orqali 392,9 mln so`mni o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.