1

Toshkent propiskasiga qo`yiladigan qarindoshlar doirasi qisqardi

Jamiyat 27.09.2016, 09:59
Teglar: Toshkent
Toshkent propiskasiga qo`yiladigan qarindoshlar doirasi qisqardi

«Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo`lgan shaxslar — O`zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro`yxati to`g`risida"gi Qonunga poytaxt hududiga doimiy propiskaga qo`yish huquqiga ega shaxslar doirasi toraytirilishi ko`zda tutilgan o`zgartish kiritildi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan 22 avgustda qabul qilinib, 25 avgustda Senat tasdig`idan o`tgan o`zgartish kiritish to`g`risidagi qonun 23 sentyabr kuni mamlakat Prezidenti v. b. Shavkat Mirziyoev tomonidan imzolandi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Endilikda ro`yxatning 2-bandi bo`yicha Toshkent va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo`yiluvchi fuqaroning qarindoshlari poytaxt va poytaxt viloyatiga doimiy propiskaga qo`yilmaydi. Propiskaga qo`yiluvchi shaxsning xotini yoki eri, o`z oilasiga ega bo`lmagan voyaga etgan bolalari hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug`ilgan yoxud nikohsiz tug`ilgan voyaga etmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalari bundan mustasno.

Norma.uz izohiga ko`ra, muqaddam propiskaga qo`yilganidan so`ng uning birinchi va ikkinchi darajali qarindoshlari ham doimiy propiska olishi mumkin edi. Masalan, ota o`z o`g`lini propiskaga qo`yishi mumkin. Mazkur propiskadan so`ng uyga o`g`ilning quyidagi qarindoshlari: uning onasi (agarda avval ro`yxatning 5-bandi bo`yicha otasining xotini sifatida propiskadan o`tmagan bo`lsa), ona tomondan bobosi va buvisi, uning turmush o`rtog`i, yoshi va oilaviy holatidan qat`i nazar, barcha farzandlari doimiy ro`yxatdan o`ta olar edi.

Endilikda xuddi shunday vaziyatda o`g`ilning quyidagi qarindoshlarigina propiskaga qo`yilishi mumkin: uning turmush o`rtog`i, o`z oilasiga ega bo`lmagan (uylanmagan va turmushga chiqmagan) voyaga etgan bolalari hamda er-xotinning birgalikdagi va (yoki) ilgarigi nikohidan tug`ilgan yoxud nikohsiz tug`ilgan voyaga etmagan bolalari, shuningdek farzandlikka olingan bolalari.

Sharhlar

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi

16.05.2024, 13:28

Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan ushlandi. U fuqaroning ishonchiga kirib, uni ishga joylab qo`yishni va`da qilgan. Bu haqda Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabar berdi. Ma`lum qilinishicha,...
Toshkentda 25 yoshli yigit shilqimlik qilganligi uchun qamaldi

14.05.2024, 14:15

Joriy yilning 13 may kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Chilonzor tuman sudida ko`chada ayolga shilqimlik qilgan yigit bo`yicha ish ko`rib chiqildi. Bu haqda darakchi.uz...
Toshkentda talaba yigit 5 yilga qamaldi

08.05.2024, 17:27

O`zbekiston Jahon tillari universitetining 2 bosqich talabasi bo`lgan 20 yoshli yigit Toshkentdagi Isroil elchixonasi yoniga borib, uni yoqib yuborish maqsadida devor osha ichkariga kerosin solingan...
Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1