AsosiyJinoyat

Samarqandda mehmonxona tomonidan 7,6 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi

'Samarqandda mehmonxona tomonidan 7,6 mlrd so`mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelinayotgani aniqlandi'ning rasmi

Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan birgalikda o`tkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Samarqand shahar, So`g`diyona mavzesida faoliyat yuritib kelayotgan “Dobusya Samarqand Aqualand” MChJda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xususan, ushbu tadbirkorlik subektiga tegishli mehmonxonada yashirincha o`rnatilgan o`chirgich orqali elektr hisoblash tizimiga tashqi ta`sir ko`rsatilganligi ma`lum bo`ldi. Natijada iste`molchiga 16,9 mln kv. soat hisobga olinmagan elektr energiyasi bo`yicha 7,6 mlrd so`m miqdorida qayta hisob-kitob ishlari amalga oshirildi.
Ushbu hajmdagi elektr energiyasi o`rtacha 85 mingta xonadonning bir oylik iste`molini tashkil qiladi. 
"Qoidabuzar iste`molchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko`rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Nazorat tadbirlari davom etmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar