AsosiyJamiyat

Okrug saylov komissiyalarining birinchi majlislari bo`lib o`tdi

Joriy yilning 25-27 sentyabr kunlari Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o`tkazuvchi okrug saylov komissiyalarining birinchi majlislari bo`lib o`tdi.

Okrug saylov komissiyalarining majlislarida “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni talablari va Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha asosiy tadbirlar dasturidan kelib chiqadigan vazifalar muhokama qilindi. 

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha asosiy tadbirlar dasturiga muvofiq okrug saylov komissiyalari tomonidan saylovga tayyorgarlik ko`rish bo`yicha tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Shuningdek, komissiya a`zolari o`rtasida vazifalar taqsimlandi.

Majlislarda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha asosiy tadbirlar dasturini amalga oshirish borasida komissiya a`zolari oldida turgan muhim, xususan saylov uchastkalarini tuzishga oid vazifalar ham muhokama qilindi.

Majlislarda saylovga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bilan bog`liq barcha tadbirlar saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, «O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida»gi Qonunga to`liq muvofiq holda amalga oshirilishi ta`kidlandi. Okrug saylov komissiyalarining matbuot markazlarini tuzish haqida qarorlari qabul qilindi.

Okrug saylov komissiyalari majlis yakunlari bo`yicha ommaviy axborot vositalari vakillari uchun brifinglar o`tkazdi.

Boshqa yangiliklar