AsosiyJamiyat

Siyosiy partiyalar tomonidan saylovchilar imzosini to`plash jarayoni amalga oshirilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2016 yilning 9 sentyabridan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo`yicha saylov kampaniyasi rasman boshlanganini e`lon qildi. “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to`g`risida”gi qonunga 2015 yil 29 dekabrda kiritilgan o`zgartishlarga muvofiq siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalari O`zbekiston Respublikasi jami saylovchilar umumiy sonining 5 foizidan 1 foizigacha kamaytirildi. Bu 214 ming 350 nafar saylovchi imzosini tashkil etadi. 

Shu kunlarda mamlakatimizda faoliyat ko`rsatayotgan barcha siyosiy partiyalar – O`zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi, O`zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O`zbekiston «Adolat» sosial-demokratik partiyasi tomonidan saylovchilar imzosini to`plash jarayoni amalga oshirilmoqda. 

Ta`kidlash lozimki, to`planayotgan imzo varaqalari topshirilgach, Markaziy saylov komissiyasi ularning to`g`ri to`ldirilganini tekshiradi.

Boshqa yangiliklar