1

Kuniga 11 daqiqa piyoda yurish erta o`lim xavfini 10 foizga kamaytiradi

Salomatlik 03.03.2023, 14:26
Kuniga 11 daqiqa piyoda yurish erta o`lim xavfini 10 foizga kamaytiradi

Buyuk Britaniyaning Kembrij universiteti olimlari kuniga 11 daqiqa davomida o`rtacha intensivlikdagi jismoniy faollik insonlarda erta o`lim xavfini 10 foizga kamaytirishini aniqladi.  Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Buning uchun mazkur yo`nalishda o`tkazilgan 196 ta tadqiqot natijalari o`rganib chiqildi. Yakunda haftasiga 75 daqiqa piyoda yurish o`lim xavfini 10 foizga, yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish ehtimolini 5 foizga pasaytirishi ma`lum bo`ldi.

Shuningdek, yuqoridagi davomiylikda yayov yurganlar saraton xastaligiga chalinish xavfidan 3 foiz ko`proq himoyalanadi, degan xulosaga kelindi.  

Tadqiqotchilarning tavsiya qilishicha, ishxona, maktab, kollej va universitetlarga piyoda yoki velosipedda borishni odat qilish lozim. Qolaversa, kundalik hayot tarziga o`zimizga yoqadigan jismoniy mashg`ulotlarni kiritish katta samara beradi.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1