Amerikalik olimlar yangi global toshqinni bashorat qilmoqdalar, deya xabar qildi MIR 24 nashri.
Qayd etilishicha, Antarktida muzlarining erishi tezligi so`nggi 40 yil ichida rekord o`rnatdi. Qiyomat muzligi deb ataladigan "Thwaites" muzligi alohida xavf tug`dirmoqda.
"Thwaites" muzligi 22-asrdayoq erib, Jahon okeani darajasini uch metrga ko`taradi", dedi iqlimshunos Aleksey Kokorin.
Olimlarni qo`rqitayotgan muzlik haqiqatan ham g`arbiy Antarktidadagi eng beqaror muzlikdir. U boshqalarga qaraganda tezroq eriydi. Ikki asrdirki, issiq oqimlar uni pastdan buzmoqda.
“Ko`rib chiqilayotgan muzlik qisman dengiz tubida suzmoqda. Antarktika muz qatlamini chetlab o`tuvchi barcha muzliklar kabi”, – deydi mutaxassislar.
Kuba kattaligidagi muz bloki eriy boshlaganda, kichik orollar aholisi bundan jabr ko`rishi mumkin.
Agar jarayon Antarktidadagi boshqa qirg`oq muzliklariga ham ta`sir etsa, oqibatlarini butun dunyo sezadi.






