AsosiyJamiyat

“Erga yiqilganimizdan keyin bizni tepib ham tashladi, bu joyi videoga tushmagan”. Luiza Rasulova kaltaklangani va janjal sababi haqida gapirib berdi (video)

'“Erga yiqilganimizdan keyin bizni tepib ham tashladi, bu joyi videoga tushmagan”. Luiza Rasulova kaltaklangani va janjal sababi haqida gapirib berdi (video)'ning rasmi

Kuni kecha, ijtimoiy tarmoqlarda aktrisa Luiza Rasulova va uning onasini kaltaklashgani aks etgan video tarqaldi.

Shundan so`ng holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. Unga ko`ra, 9 mart kuni taxminan soat 15.00 larda Chilonzor tumani, Chilonzor-6 dahasidagi ko`p qavatli uylardan birining uyboshisi 1959 yilda tug`ilgan A.R. (Luiza Rasulovaning onasi) va shu ko`p qavatli uyning ikkinchi qavatida joylashgan o`quv muassasasi rahbari 1971 yilda tug`ilgan B.Ch. bilan o`zaro nizo kelib chiqqan. Nizoning sababi A.R. ko`p qavatli uyning umumiy kirish eshigiga kodli qulf qo`yib, ikkinchi qavatda joylashgan o`quv muassasasiga kelgan o`quvchilarni kirishiga to`sqinlik qilgan. Shu orada B.Ch. fuqaro A.R. ni qo`lidan tortgan vaqtida A.R. va uning qizi Luiza Rasulova erga yiqilgan.

L.Rasulova va uning onasiga tibbiy yordam ko`rsatilishi uchun shifoxonaga yotqizilgan. Birlamchi ma`lumotga ko`ra, A.R.da “ensa sohasi yumshoq to`qimalarini lat eyishi”, L.Rasulovada “o`ng bilak va o`ng tizza sohasi yumshoq to`qimalari lat eyishi” jarohatlari borligi aniqlangan. Fuqaro B.Ch. profilaktika inspektori tomonidan ushlanib, yaqin oradagi IIBga olib borilgan.

Ayni paytda aktrisa Luiza Rasulova onasi bilan birgalikda kaltaklangani va janjalning sababi haqida batafsil gapirib berdi. Bu haqda "Zamon" informasion dasturida lavha berildi. 

Ma`lum qilinishicha, janjal aktrisa yashayotgan uyning ikkinchi qavatida joylashgan o`quv markaziga keluvchilarning uyning aholi kiruvchi pod`ezddan qatnov yo`li qilib olganliklari ortidan kelib chiqqan. Bu pod`ezd shu erda yashovchi aholi uchun bo`lib, ayni paytda o`quv markazga keluvchilar ham shu erdan kirib-chiqishni yo`lga qo`ygan. Bunga esa aktrisaning onasi uyboshi sifatida qarshilik ko`rsatgan. Markaz rahbari bu qarshiliklarga javoban, o`sha kuni Luiza va uning onasini zinadan itarib yuborgan. Luiza Rasulovaning aytishicha, erkak ularni itarib yuborganigina videolarda tushib qolgan, aslida esa markaz rahbari ikki ayolni kaltaklagan ham.

"Biz eshikni boshqa xizmat ko`rsatish joylari uchun ham kirish-chiqish eshigi bo`lishiga doimiy norzilik bildirib kelganmiz. Har xil odamlar keladi, eshik tagida "segarita" chekib o`tirishadi, o`quvchilar emas katta-katta odamlar keladi asosan. Bu erda qizlar, ayollar yashasa, kirib chiqish noqulay va xavfli bo`lib qolgan. O`sha kuni avval akam bilan tortishishdi, keyin onam tushib ketdilar, ortlaridan men ham tushdim. U erkak bizni zinadan itarib yubordi. Bu videolarda ko`ringan. Shundan keyin yana bizni tepib ham tashladi, lekin bu videoda yo`q", - deydi Luiza Rasulova. 

Ayollarni kaltaklagan erkak yoki markaz xodimlari bilan esa bog`lanishning imkoni bo`lmagan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar