Bugun, 13 mart kuni Termiz shahrida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati kengashi sessiyasida Shavkat Mirziyoev "O`zbekiston kim tomonda?" degan savolga javob berdi.
"Zamon juda murakkab, hozir katta-katta davlatlar aytyapti: “O`zbekiston, sen kim tomon? Bo`ldi endi, yoki u tomonga o`tgin, yoki bu tomonga o`tgin”, deyapti. Qattiq-qattiq aytib, vakillari ham kelib ham shunga da`vat qilyapti. “Bizga kerak O`rta Osiyoda O`zbekiston, 36 mln bo`ldi, 3-4 yilda 40 mln bo`ladi, katta davlat bo`ladi, kim tomonsan”, deyapti.
Savolga javob bitta: bir tomonman! Millatim, xalqim, buyuk O`zbekistonimni manfaati uchun o`lishga ham tayyorman deb javob beraman", - dedi davlat rahbari






