Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Jahon Turizm Tashkiloti konferensiyasiga mezbonlik qilgan Saudiya Arabistoni Isroil delegasiyasiga kirish vizasi bermadi.
Isroil Jamoat Teleradiokompaniyasi xabariga ko`ra, Saudiya Arabistoni Jahon Turizm Tashkiloti konferensiyasiga taklif qilingan Isroil delegasiyasiga viza berishdan bosh tortgan.
Amerikaning Bloomberg teleradiokompaniyasining xabarida, Ar-Riyod boshqaruvining bu munosabat uchun hech qanday sabab ko`rsatmaganligi va BMTning "tashkilotning barcha a`zolariga teng munosabatda bo`lish" talabiga qaramasdan namoyish qilinganligi bildirildi.
Saudiya Arabistoni rasmiylari hozircha bu borada hech qanday bayonot bermagan.
14.03.2023 08:25
Saudiya Arabistoni Isroil delegasiyasiga viza bermadi
