AsosiyJinoyat

Navbahor tumanida 35 gektar sug`oriladigan er maydonini 82 mln so`mga pullamoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

'Navbahor tumanida 35 gektar sug`oriladigan er maydonini 82 mln so`mga pullamoqchi bo`lganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navbahor tuman bo`limi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi. 

Unda, fuqaro A.T. “Navbahor” MFYdagi 2 nafar fuqaro va 2 ta MChJga tegishli jami 35 gektar sug`oriladigan ekin er maydonini ularning xabardorligisiz fuqaro S.M.ga firibgarlik yo`li bilan sotishga kelishib,  keyinchalik hujjatlarni rasmiylashtirib berishni va`da qilib, 82 mln so`mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.
 

    Boshqa yangiliklar