AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda o`g`li bilan ishqiy munosabatda bo`lgan ayolni urib, sochini qirqqan ota va uning o`g`illari javobgarlikka tortildi (video)

'Qashqadaryoda o`g`li bilan ishqiy munosabatda bo`lgan ayolni urib, sochini qirqqan ota va uning o`g`illari javobgarlikka tortildi (video)'ning rasmi

Bundan bir necha oy avval Qashqadaryoda kelin eri va yaqinlari tomonidan kaltaklanib, sochi kesib tashlangani haqida xabar bergan edik. 

“Zamon” informasion dasturida ma`lum qilinishicha, jinoyat ishlari bo`yicha Dehqonobod tuman sudida ushbu erkaklarga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqildi.

Voqea 2022 yil 9 iyul kuni, kechasi soat 23:00 atrofida sodir bo`lgan. Ayol o`zidan 10 yosh kichik yigit bilan ishqiy munosabatda bo`lib yurgan. Bu esa o`g`lini uylantirmoqchi bo`lgan xonadon egasi va yigitning qarindoshlarining g`azabini qo`zg`agan. Shu bois ayol o`sha yigit xonadoniga olib borilib, yigitning aka-ukalari tomonidan kaltaklangan.

Sud hujjatlariga ko`ra, boshqa bir qizga unashtirilgan yigit o`zidan katta ayolga ilakishib, uning uyida yashayotganidan xabar topgan akalar shu kuni ayol va ukasini uylariga olib kelgan.

Shundan so`ng ikkisini arqon bilan bog`lab, o`g`ilning ko`z o`ngida ayol qamchi bilan kaltaklangan, o`g`illarining harakatini nazorat qilib turgan ota ayolning sochini olishni buyurgan. Uydagi ayollardan birining rahmi kelib, jabrlanuvchining arqonini echib yuborgan va u derazadan ko`chaga qochib chiqqan.

Sud davomida jabrlanuvchi ayblanuvchilarni kechirganini bildirgan. Sud hukmiga ko`ra, ota va kenja o`g`ilga uch yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi, qolgan ikki o`g`ilga esa uch va ikki yilga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar