1

Qidiruvda bo`lgan ayol BAAdan O`zbekistonga deportasiya qilindi

Jinoyat 18.03.2023, 18:29
Qidiruvda bo`lgan ayol BAAdan O`zbekistonga deportasiya qilindi

Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurolari (MMB) hamkorligida xalqaro qidiruvda bo`lgan jinoyatchining deportasiya masalasi hal qilindi

Ma`lum bo`lishicha, hamkorlikdagi tezkor-qidiruv harakatlar hamda o`zaro axborot almashinuvi, ikki davlat Interpol MMBlari rahbarlarining qidiruvni faollashtirish bo`yicha xalqaro konferensiya doirasidagi muzokaralari tufayli odam savdosi bilan shug`ullanib kelgan va xalqaro qidiruvda bo`lgan jinoyatchi ayolning deportasiyasi amalga oshirilgan.

Aniqlanishicha, u onasi va singlisi tomonidan izlangan, tergovda shaxsini aniqlashning imkoni bo`lmagan shaxslar bilan avvaldan til biriktirib, ayollarni noqonuniy yo`llar bilan fohishalik bilan shug`ullanish uchun Birlashgan Arab Amirliklariga jo`natish bo`yicha uyushgan jinoiy guruh tuzgan. Jabrlanuvchilarni oilasi bilan ajrashgan va moddiy qiyinchilikka duch kelgan ayollar orasidan topgan. Shu tariqa, uchinchi davlatlar orqali BAAga olib chiqib, jabrlanuvchilarga yaxshi ish va`da qilingan, biroq Dubayga etib kelgandan so`ng ularning pasportini olib qo`yib, fohishalik bilan shug`ullanishga jo`natib kelishgan.

Shu tariqa, Interpolning Toshkent va Abu-Dabidagi MMBlari o`rtasida o`tkazilgan kelishilgan harakatlar natijasida jinoyatchi hibsga olingandan so`ng, O`zbekiston huquq-tartibot idoralariga topshirish uchun deportasiya qilish to`g`risida qaror qabul qilingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1