AsosiyJinoyat

Farg`onada erkak er talashib, qo`shnisini pichoqladi

'Farg`onada erkak er talashib, qo`shnisini pichoqladi'ning rasmi

Farg`ona viloyatining Rishton tumanida erkak o`zaro kelib chiqqan janjal sabab o`z qo`shnisini pichoqlab o`ldirdi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Holat Rishton tumanining “Mehnatobod” mahallasida yuz bergan. Ma`lum bo`lishicha, ikki qo`shni o`rtasida yashash xonadonlari chegaralarining nizosi sabab janjal kelib chiqqan. Oqibatda jahl ustida biri ikkinchisiga oshxona pichog`i bilan tan jarohati etkazgan. Jabrlanuvchi olgan jarohati sababli vafot etgan. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar