Chiroqchidagi qishloqqa borgan yovvoyi ayiq hududdagi maktab binosiga kirishga uringani aytilgan edi.
Ma`lum bo`lishicha, ayiq 103-sonli maktab binosidagi derazalarga urilgan. Deraza sinishi oqibatida qon izlar paydo bo`lgan.
Viloyat maktabgacha va maktab ta`limi boshqarmasi axborot xizmati holat yuzasidan dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, holat mas`ullar ishtirokida atroflicha o`rganilmoqda.
“Ayiqni maktabga kelish oqibatida biror-bir o`quvchi yoki pedagog xodimlarga tajovuz qilmagan.Hech qanday jarohat ko`rish holati mavjud emas”, deydi Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limi mas`ul xodimi.