AsosiyJamiyat

Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 kishi zo`rlagani bo`yicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborildi — Bolalar Ombudsmani

'Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 kishi zo`rlagani bo`yicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborildi — Bolalar Ombudsmani'ning rasmi

Sal avval, Xorazmda voyaga etmagan qizni 11 erkak zo`rlagani, ularning 3 nafari hibsga olingani xabar qilingan edi. Holat yuzasidan Bolalar Ombudsmani rasmiy rasmiy bayonot berdi. 

Qayd etilishicha, Xorazmda voyaga etmagan qizni guruh bo`lib zo`rlanishi bo`yicha Bolalar Ombudsmaniga murojaat kelib tushgan va mazkur masala nazoratga olingan.

"Kuni kecha Bolalar Ombudsmani ushbu murojaatni joyiga chiqib o`rgandi va tegishli ma`lumotlarni oldi. Bolalar Ombudsmani o`rganish natijalari bo`yicha Bosh prokuratura va IIVga murojaat yuborgan.  

Holat yakunlari  bo`yicha jamoatchilikka qo`shimcha ma`lumot taqdim etiladi.

Bolalar Ombudsmani yana bir bor bolalarga nisbatan qo`llanadigan jinsiy jinoyatlarga og`ir jazo turlarini  qo`llash kerak degan pozisiyada qat`iy turishini ma`lum qiladi", - deyiladi rasmiy xabarda. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar