Sentyabr oyining so`nggi sanasida GM Uzbekistan Belarusda Ravon brendini namoyish qildi. Yangi brend o`zining R2, Nexia R3 va Gentra avtomobillarini taqdim etdi. 2016 yilning ohirigacha modellar qatoriga R4 modelining qo`shilishi kutilmoqda.
Bundan tashqari yangi brendning dillerlik tarmog`ini MDH mamlakatlarida rivojlantirish borasida ham ishlar davom etadi. Oktyabr-dekabrda brendni Ozarbayjon va Turkmanistonda ham taqdim etish rejalashtirilgan, bu esa hamdo`stlik mamlakatlarining asosiy avtomobil bozorlarini qamrab olishga imkon beradi.
2017 yilda har bir mamlakatda hududiy dillerlik tarmoqlarini kengaytirish bo`yicha ishlar davom ettiriladi.





