AsosiyJamiyat

O`zbekiston Tojikistondan elektr energiyasini mavsumiy sotib olishni boshladi

'O`zbekiston Tojikistondan elektr energiyasini mavsumiy sotib olishni boshladi'ning rasmi

Tojikistondan elektr energiyasining mavsumiy import amaliyoti boshlandi. Bu haqda "O`zbekiston MET" AJ Axborot xizmati o`z rasmiy sahifasida e`lon qildi.

Qayd etilishicha, yozgi meliorasiya davrida ishlab chiqariladigan elektr energiyasini O`zbekistonga eksport qilish amaliyoti 2018 yildan buyon mavjud bo`lib, bu o`z navbatida mamlakatimiz suv havzalariga kirib keladigan tabiiy suv oqimini oshirishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan, 2023 yil 12 may kuni respublikamizda energetika va suv resurslari muvozanatini saqlash hamda iste`molchilarni elektr energiyasi bilan ta`minlanish maqsadida "O`zbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ va "Barki Tochik" kompaniyasi o`rtasida joriy yilning may-sentyabr oylarida elektr energiyasini etkazib berish bo`yicha shartnoma imzolandi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar