AsosiyJinoyat

Xorazmda erkak tanishining suratlarini tarqatmaslik uchun pul talab qildi

'Xorazmda erkak tanishining suratlarini tarqatmaslik uchun pul talab qildi'ning rasmi

Xorazmda erkak fotosuratlarini tarqatib yubormaslik uchun ayoldan 1.300 AQSh dollari pul talab qilgan. Bu haqda IIV xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Xorazm viloyati Urganch shahrida yashovchi 32 yoshli (ayol) Sh.N. o`zini “Timur” deb tanishtirgan Telegram messenjeri foydalanuvchisi bilan tanishib qolgani va unga o`zining behayo fotosuratlarini yuborganini, ushbu fotosuratlarini tarqatib yuborish bilan qo`rqitib, “Timur” undan 1.300 AQSh dollari pul talab qilayotganini ma`lum qilgan.

O`rganish davomida, “Timur” ismidan foydalangan shaxs aslida Xorazm viloyati, Urganch shahrida yashovchi 34 yoshli (erkak) F.B. ekanligi, onlayn tanishuvlarda “Timur” ismidan foydalanib kelganligi aniqlandi.

O`tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, F.B. talab qilingan pullar o`rniga fuqaro N.Sh.dan “Samsung Gallaxy S20» telefoni va 100 AQSh dollari miqdoridagi pulni olayotgan vaqtida qo`lga olindi. Jinoyat sodir etgan F.B. O`zbekiston Respublikasi JKning 165-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortildi.

Qonunga muvofiq, F.B. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar