Turkiyadan Germaniyaga uchgan ayol adashib Moskvaga kelib qoldi

Dunyo 05.06.2023, 19:46
Turkiyadan Germaniyaga uchgan ayol adashib Moskvaga kelib qoldi

Germaniyalik keksa ayol 10 kunlik ta`tilni Turkiyaning Antaliya shahrida o`tkazdi va uyiga qaytayotganida noto`g`ri reysga chiqib, Moskvaga kelib qoldi. Bu haqda Zamon.uz xabar bermoqda. 

"Etmish yoshli ayol Antaliyada o`n kunlik ta`tildan so`ng samolyotga chiqdi. Lekin u rejalashtirilganidek Myunxenga emas, Moskvaga etib keldi", — deyiladi xabarda.

Ma`lumotlarga ko`ra, 26 may kuni ayol Myunxenga qaytayotganida u navbat kutayotganda samolyotga chiqish yo`lagi boshqasiga ko`chirilgan. Natijada nemis ayoli adashib, Moskvaga uchish uchun navbatda turgan. Shundan so`ng Rossiya poytaxtiga kelgan ayol Turkiyaga qaytish chiptasini rasmiylashtirguncha bir necha soat kutgan. Natijada Istanbul aeroportida tunni "skameyka"da o`tkazgan ayol ertalab Myunxenga parvozni muvaffaqiyatli amalga oshirgan.

Ayol yo`lda umumiy 30 soat vaqt o`tkazadi va boshqa reysga chiqishiga ruxsat bergani uchun Turkish Airlines kompaniyasidan tovon puli talab qilmoqchi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1