AsosiyMadaniyat

Xivadagi juma macjidida nega peshtoq ham, gumbaz ham yo`q?

'Xivadagi juma macjidida nega peshtoq ham, gumbaz ham yo`q?'ning rasmi

Xiva Juma masjidi (X-XVIII asrlar) Ichan qal`aning markaziy qismida joylashgan.

Bu masjid hakidagi ilk ma`lumot X asrda Xorazmga kelgan arab sayyohlari al-Muqaddasiy (Maqdisiy) va al-Istaxriy yozishmalarida uchraydi. Manbalarga ko`ra, Juma masjidning dastlabki binosi buzilib ketgan va o`rniga Abdurahmon Mehtar buyrug`iga binoan xuddi shu usulda kattaroq yangi masjid qurilgan (1788).

Masjid bir qavatli bo`lib, atrofi g`ishtin devor bilan o`ralgan. Uning boshqa masjidlardan farqi qad. arab me`morligiga xos uslubda (yopiq, ko`p ustunli hamda hovlisiz qilib) qurilganligidadir. Unda ayvonlar bilan o`ralgan hovli ham, ulkan peshtoq ham, gumbazlar ham yo`q.

Tomi yassi, to`sinli, shipini 212 ustun ko`tarib turadi. Masjid eshigi yog`och o`ymakorligida ishlangan noyob namuna hisoblanadi. Ichki bezaklari sodda ganch suvoq qilingan.

Macjid yonidagi minora XVII asrda qulab tushgan, XVIII asrda mayda pishiq g`ishtdan qayta tiklangan.                          

    Boshqa yangiliklar