AsosiyDunyo
3695

Qozog`istonda odamlar orasida kuydirgi aniqlandi

'Qozog`istonda odamlar orasida kuydirgi aniqlandi'ning rasmi

Qozog`istonning Jambil viloyatida odamlar orasida kuydirgining laboratoriya tomonidan tasdiqlangan to`rtta holati aniqlandi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Kasallikning uchta holati Talas tumani Tamdi qishlog`ida, bitta holati esa Jualinskiy tumani Koltogan qishlog`ida kuzatilgan.

“Epidemiologik anamnezda uchta holatda bemor xo`jalik hayvonlari bilan aloqada bo`lgani ko`rsatilgan: bemorlar veterinariya ko`rigidan o`tmasdan chorva mollarini so`yishda qatnashgan, infeksiya omili esa kasal qoramol go`shti bo`lgan. Kasallikning yana bir holatidagi infeksion manba esa aniqlanmagan”, — deyiladi xabarda.

Sibir yarasi uy hayvonlari, jumladan, echki, qoramol, qo`y va otlarga ta`sir qilishi mumkin bo`lgan og`ir yuqumli kasallikdir. Odamlarda kuydirgi kamdan kam uchrasa-da, u kasal hayvonlar va ularning teri, go`shti kabi mahsulotlari bilan aloqa qilish orqali yuqadi. Hozirgi vaqtda olib borilayotgan profilaktika tufayli, ayniqsa, dunyoning rivojlangan mamlakatlarida infeksiyaning tarqalishi sezilarli darajada kamaygan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar