1

Xalqaro o`zbek paxta va to`qimachilik yarmarkasi doirasida 1,3 milliard AQSh dollardan ziyod shartnomalar imzolandi

Jamiyat 14.10.2016, 10:22
Xalqaro o`zbek paxta va to`qimachilik yarmarkasi doirasida 1,3 milliard AQSh dollardan ziyod shartnomalar imzolandi

Poytaxtimizda 12-13 oktyabr kunlari bo`lib o`tgan XII Xalqaro o`zbek paxta va to`qimachilik yarmarkasining nufuzi yildan-yilga ortib, dunyoning turli mamlakatlaridagi biznes tuzilmalar e`tiborini jalb etmoqda. Bu bejiz emas. Negaki, paxta bozorini yanada rivojlantirish istiqbollari, paxta sanoati va uning turdosh tarmoqlarining ertangi kuni aynan shunday forumlar natijasiga bog`liqdir. 

Yarmarkada 550 ming tonna o`zbek paxta tolasini sotib olish, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan to`qimachilik mahsulotlarini etkazib berish bo`yicha 1 milliard 322 million dollardan ziyod miqdordagi shartnomalar imzolandi, deya xabar beradi O`zA. 

Anjumanda yuqori sifatli paxta tolasini etishtirish va savdo qilish, bu yo`nalishdagi samarali hamkorlikni kengaytirish va tarmoqqa tegishli boshqa dolzarb masalalar muhokama qilindi, muzokaralar olib borildi, o`zaro manfaatli shartnomalar tuzildi. Unda 40 dan ziyod mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari, ekspert va mutaxassislari ishtirok etdi. Xitoy, Rossiya, Evropa Ittifoqi davlatlari, Yaponiya, Bangladesh, Birlashgan Arab Amirliklari, Koreya Respublikasi vakillari shular jumlasidandir.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1